Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi



🏛 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputatlari hamda "Guliston yangiliklari" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Bahodir Abdurahmon o‘g‘li ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuv davomida Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng va xolis yoritish, deputatlik faoliyatini aholiga yetkazish, fuqarolar murojaatlari hamda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalarini tezkor yoritish borasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

💬 Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, axborot almashinuvini kuchaytirish hamda jamoatchilikni Kengash faoliyati haqida muntazam xabardor qilib borish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.

✅ Bunday uchrashuvlar ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, shuningdek, deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.