Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKLASH QONUNCHILIGI JOYLARDA OʻRGANILMOQDA

🏅Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi “Adolat” SDP deputati M.Xudoyberganova tomonidan Bogʻot tumanidagi “Mehnatguli” mahallasi 25-sonli umumtaʼlim maktabida aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

📚 Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi va uning ahamiyati atroflicha muhokama qilindi:

🚭 Sogʻlom hayot targʻiboti: Aholiga qonunning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, yoshlarni zararli odatlardan asrash masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

🧠 Huquqiy masʼuliyat: Kelajagimiz egalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ularning huquqiy ongi va masʼuliyatini yuksaltirish choralari koʻrib chiqildi.

💬 Murojaatlar eʼtiborda: Ochiq muloqot davomida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar oldilar. Bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3