Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashida tuman hokimining o‘rinbosari M.Ibodullayev hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Mahammadieva ishtirokida fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

🔘Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha muhokama qilindi.

🔘Jumladan, Nurobod tumani Sharq Yulduzi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sunnatullo Barnayevning qurilish va kadastr masalalariga oid murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida dastlabki tahlil o‘tkazildi.

🔘O‘rganish natijalariga ko‘ra, masalani har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqish maqsadida tumandagi tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroning yashash manziliga chiqqan holda qo‘shimcha o‘rganish ishlarini olib borish to‘g‘risida xulosaga kelindi.

🔘Shuningdek, murojaatni qonunchilik doirasida hal etish, mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish hamda tegishli xulosa tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

🔘Ta’kidlash joizki, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va qonuniy yechim topishga ko‘maklashish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3