Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
BO‘ZSUV BO‘YIDA YANGI SAYILGOH BARPO ETILMOQDA

Mazkur jarayon doirasida tuman hokimi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Abrorxo‘ja Saidaliyev hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari Minor, Matonat va Qashg‘ar mahallalari hududidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali bo‘yida tashkil etilayotgan yangi sayilgohdagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish ishlari deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, hududda aholiga qulay sharoit yaratish, obodonlashtirish, yashil infratuzilmani rivojlantirish, xavfsiz harakatlanish va dam olish muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sayilgoh infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

piyodalar va velosiped yo‘laklari;
zamonaviy ko‘cha yoritish tizimlari hamda o‘rindiqlar;
hududga ko‘rk bag‘ishlovchi landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
samarali sug‘orish tarmoqlari va lotoklar tizimi.

Mazkur ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda obodonlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida loyiha ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, sayilgohda aholining xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4