Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a'zolari hamda ma'sullar tomonidan Qo‘qon shahar Ayollar reabilitatsiya markazida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati M.Axmedova, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etishdi.

O‘rganish davomida Ayollar reabilitatsiya markazida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, markazda murojaatchilar bilan ishlash tizimi, himoya orderlarini rasmiylashtirish, jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish holati atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida O‘RQ-561-sonli Qonun talablarining amaliy ijrosi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2