Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA YETAKCHILAR KO‘CHASI INFRATUZILMASI O‘RGANILDI
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi

Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Safarova Dilorom Shaydilovna tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi A.Gʻafforovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi
Murojaatda "Navroʻz" mahallasi, Jomiy Masjidi koʻchasida yashovchi aholi vakillaridan elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash boʻyicha jamoaviy murojaat kelib tushgani va joyiga borib oʻrganilganda quyidagi jiddiy muammolar aniqlangani bayon qilingan:

Yaroqsiz simyogʻochlar (stolbalar): Koʻchadagi 2 dona elektr simyogʻochi mutlaqo yaroqsiz va chirigan holatga kelib qolgan boʻlib, aholi hayoti uchun xavf tugʻdirmoqda.

Transformator quvvati yetishmasligi: Isteʼmolchilar soni ortgani sababli yuklamani koʻtara olmayapti. Oqibatda xonadonlarda kuchlanish (napryajeniye) oʻta past va tez-tez uzilishlar kuzatilmoqda.

Deputat qonunchilikka muvofiq, ushbu muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam berishni va chora koʻrishni soʻragan.

Aholi farovonligi yoʻlidagi ushbu masalaning ijobiy hal etilishini kuzatib boramiz.