Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA YETAKCHILAR KO‘CHASI INFRATUZILMASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi

Bugun Uzun tumani hokimligining katta majlislar zalida 2025–2026 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchi yoshlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova hamda tuman hokimi Xabibulla Bozorov hamkorlikda ishtirok etib, tuman faxriga aylangan yoshlarga yuksak mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar. Rahbarlar birgalikda yoshlarning erishgan yutuqlarini yuqori baholab, ularning ustozlari va ota-onalariga minnatdorchilik bildirishdi.

"Bugun tumanimiz rahbariyati bilan birgalikda sizdek intiluvchan yoshlarni taqdirlayotganimizdan faxrlanamiz. Ushbu oltin va kumush medallar sizlarning mustaqil hayot yo‘lidagi ilk ulkan g‘alabangizdir", — deya ta’kidladi Kengash raisi Dilorom Safarova