Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova Ulug‘bek mahallasida bo‘lib,
mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla raisi va mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv jarayonida mahalla yettiligi a’zolarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etishdagi ishtiroki, davlat tashkilotlari hamda deputatlik korpusi bilan o‘zaro hamkorlik holati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalar bilan manzilli ishlash va fuqarolarning
turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
 

Slide 1 of 4