Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 4-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati I.Raximov tomonidan saylov okrugi hududida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Kengash faoliyati, qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati hamda hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Saylovchilar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma holati, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4