Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
#deputat_faoliyati

Jondor tumani hokimi o‘rinbosarining 2026 yil 8 iyundagi “Yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi yuzasidan tadbirlar rejasi to‘g‘risida”gi 05-456-sonli xati asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida atroflicha muhokama qilindi.
📌Muhokama jarayonida yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasb-hunarga yo‘naltiruvchi tadbirlarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallalar, ta’lim muassasalari, madaniyat va sport tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarning samaradorligini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📌Komissiya a’zolari tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida har bir mahallada yoshlarni qamrab oladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kitobxonlik aksiyalari, ijodiy tanlovlar va uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Bunda ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
📌Yig‘ilish yakunida mazkur tadbirlar rejasining ijrosini samarali tashkil etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda bu boradagi ishlar ustidan doimiy deputatlik nazoratini o‘rnatish yuzasidan tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan yoshlarning har tomonlama kamol topishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4