Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar hamda mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.
⚡️O‘rganishlar davomida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlari tinglandi.
⚡️Tadbir doirasida mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan 20 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalari ham joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Loyihalarning amalga oshirilish holati, ajratilgan yer maydonlari, infratuzilma imkoniyatlari hamda kelgusida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha mas’ullar bilan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.
⚡️Qayd etilganidek, mazkur loyihalarning to‘liq ishga tushirilishi mahallada xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish, aholiga qulayliklar yaratish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish orqali oilalarning daromadini oshirishga xizmat qiladi.
⚡️O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7