Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda

                O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Jalaquduq tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2026-yil 19-iyun kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Xaytakhunov hamda viloyat
Kengashi deputati O.Nosirovlar joylardagi qurilish-montaj jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganishlar
davomida infratuzilmani yaxshilash borasida qator ijobiy natijalarga erishilgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, umumiy uzunligi 6,3 km bo‘lgan yo‘lning 2,8 km qismiga sifatli asfalt qoplamasi yotqizildi. Shuningdek, hududda elektr
ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha ham muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash maqsadida 26 ta yangi beton ustun o‘rnatildi. Ayni paytda hududga keltirilgan 2 ta zamonaviy transformatorni o‘rnatish va tarmoqqa ulash ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda. Mas’ullar tomonidan aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Hududdagi qurilish ishlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.  

Slide 1 of 6