Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallalarda “Ayollar daftari” bilan ishlash, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida xotin-qizlar faollari tomonidan joylardagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Har bir murojaat va taklif yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda manzilli ishlarni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

M.Kamolova o‘z so‘zida mahalla xotin-qizlar faollarining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati muhim ekanligini qayd etib, aholining muammolarini hal etishda, oilalar farovonligini ta’minlashda hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ularning faolligi alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolariga yechim topish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2