Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva tuman hokimligi mas’ul rahbarlari ishtirokida Axborot-kutubxona markazida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ayrim masalalar yuzasidan shu yerning o‘zida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda kiberjinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida ajrimlarning kamaytirish hamda oilaviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan fuqarolarga kiberjinoyatlar sodir bo‘lganda zudlik bilan murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.
Ajrimlarning oldini olish faqatgina bir tashkilot emas, balki mahalla va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi vazifasi ekani ta’kidlandi.

Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4