➡️ Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi” MCHJning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-fevraldagi PQ–61-son qarori ijrosi yuzasidan Quva tumanidagi 1,5 ming gektar bo‘sh turgan sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish maqsadida xorijiy investorlarga ikkilamchi ijaraga berish haqidagi taklifi ko‘rib chiqildi.
💬 Muhokamalar davomida mazkur yer maydonlarini samarali foydalanishga kiritish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️ Yakunda komissiya a’zolari tomonidan taklif yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar bildirildi.