Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
Deputat mahallada Budjet mablag‘lari nazoratda: Okrug deputati maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

 Budjet mablag‘lari nazoratda:
Okrug deputati maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi
 

Ijtimoiy soha obyektlari,
xususan, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib va sanitariya
talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish tuman Kengashi
deputatlarining doimiy nazoratida.
 

Xalq deputatlari tuman
Kengashining 2025-yil 24-noyabrdagi VII-19-91-10-142-K/25-sonli qarori ijrosini
ta’minlash, xususan, maktab hojatxonalarini qurish va ta’mirlash uchun
yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ko‘zdan kechirish
maqsadida tizimli o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
 

Mazkur qaror doirasidagi
navbatdagi nazorat tadbiri 20-Kultepa saylov okrugi deputati (XDP partiya
guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan “Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
27-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
 

O‘rganish natijasi: 

Ajratilgan mablag‘larning
maqsadli sarflanishi joyida ko‘zdan kechirildi.
 

Maktabning ichki
hojatxonalarini qurish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, yangi o‘quv yilida
o‘quvchilar foydalanishi uchun ishga tushirishga shay holatga keltirilganligi
ma’lum bo‘ldi.
 

Tuman Kengashi kotibiyati va
deputatlar tomonidan maktablardagi qurilish-ta’mirlash ishlari hamda budjet
mablag‘larining sarflanishi ustidan nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) 

 Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

   

Slide 1 of 3