Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
Deputat so'rovi


📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Madaminov Alisher Abdullayevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Taxiatosh” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Xo‘jayli ko‘chasi bilan Anhor ko‘chasining kesishmasida ichimlik suvi quviri yorilib, Xo‘jayli ko‘chasi bo‘yidagi ariqqa suv oqib turganligi va shu yerdagi quvurlarni ta’mirlash, suv isrof bo‘lishining oldini olish ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi yuzasidan rasmiy javob olish maqsadida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

📥 Deputat Madaminov Alisher Abdullayevich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Slide 1 of 1