Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

📇 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish yuzasidan tasdiqlangan reja-grafik ijrosini ta’minlash maqsadida Uchtepa tumanida ochiq muloqot tashkil etildi.

📁 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etib, Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar bilan uchrashdi.

💬 Muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni hududlardagi muammolarni o‘rganish va hal etish jarayonlariga keng jalb qilish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda “Yoshlar va deputat” shaklidagi uchrashuvlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

✨ Shuningdek, tasdiqlangan reja-grafikda belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ta’lim, sport, madaniyat va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Tadbir davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish, mavjud muammolarni hal etishda deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

📉 Ochiq muloqot yakunida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda reja-grafikda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5