Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiya va moddiy yordamlarning manzilli yetkazilishi, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Temir daftar” asosida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3