Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
Tumanimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Usmonov tashabbusi va tuman korxona hamda tashkilotlar ko‘magida o‘zi saylangan okrugida umumxalq hashari tashkil etildi.

Hashar jarayonida kanal ariqlar bo‘yi chiqindilardan tozalandi, begona o‘tlar olib tashlandi, shuningdek, yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planib qoladigan hududdagi ariqlar tartibga keltirildi. Hashar elga yarashar, deydilar. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir tuman hududlari obod holga keltirildi.

Ekologik muvozanatni saqlash va yashil hududlarni ko‘paytirish yo‘lida o‘tkazilgan mazkur tadbir nafaqat tabiatni asrash, balki yosh avlodni ekologik madaniyatga o‘rgatish yo‘lida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7