Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.

🏗 Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi.

📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–223-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

📑 Shuningdek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-18-143-12-177-K/25-sonli "2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq tumanda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish, xususan ta’lim muassasalarini yangilash va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🏫 Mazkur qarorga asosan tumandagi “Bunyodkor” hamda “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 21 milliard 312 million so‘mni tashkil etib, maktabning loyiha quvvati 1494 o‘ringa mo‘ljallangan.

👥 Ushbu qurilish ishlari jarayonini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputati Elyor Dushamov, tuman Kengashi deputati Mansur Kariyevlar obyektga tashrif buyurdilar.

🔎 Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan reja-grafik asosida olib borilayotgan ishlar sifati, shuningdek quruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, mas’ul tashkilotlarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yangi o‘quv o‘rinlari tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6