Янгиликлар

Xalq bilan muloqot: Deputat joriy yil I-chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilarga o'z axbortini taqdim etdi

🔴Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan uch oy mobaynida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash va aholi murojaatlari bilan ishlash borasida qilingan amaliy sa’y-harakatlar sarhisob qilindi.

🔴Muloqotda saylov okrugidagi mavjud kamchiliklar, xususan, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minoti va elektr energiyasi tizimidagi loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil etildi.

🔴S.Yuldoshev saylovchilar tomonidan bildirilgan yangi taklif va tashabbuslarni tinglab, ularni tegishli tashkilotlar orqali hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanganini hamda deputatlik nazorati kuchaytirilishini ta’kidladi.

✅Bu kabi ochiq muloqotlar davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash bilan birga, hududiy dasturlarning shaffof va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3