Янгиликлар

📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi

📚 Deputat 42-maktab kutubxonasini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Xushbaqov Jasurbek o‘z hududidagi 42-maktab kutubxonasiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun ajratilgan o‘qish joylari hamda zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
Tashrif davomida Kutubxonani yanada boyitish, yangi adabiyotlar bilan ta’minlash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Shuningdek, maktab rahbariyati bilan kutubxona faoliyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Slide 1 of 3