Янгиликлар

Go‘zalkent mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan Go‘zalkent mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

✍️O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

📖Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi.

🛣Deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan hududda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1