Янгиликлар

"Madad" NNT tomonidan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

"Madad" NNT tomonidan Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi bilan tuzilgan memorandumga asosan 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida "Madat" NNT tuman bo‘limi huquqiy maslahat berish bo‘yicha mutaxassisi X.Seremuratova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchilarning huquq sohasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Qabulda Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Atanazarov ham ishtirok etdi. 

Slide 1 of 3