Янгиликлар

Deputatlar joylarda: o‘rganish va muloqot

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari O. Litvinova, G. Agzamova hamda tuman Kengashi deputati Y. Vapayeva tomonidan tumandagi Oila va xotin-qizlar maskani faoliyati o‘rganildi.

✔️ O‘rganish jarayonida Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Tursunova tomonidan maskanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

✔️ Shuningdek, nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila qadriyatlari va uning muqaddasligini targ‘ib etishga qaratilgan o‘quv hamda tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayoni deputatlarga tanishtirildi.

Slide 1 of 1