📌 DEPUTATLIK NAZORATI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Xalq deputatlari Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova o‘z saylov okrugida deputatlik nazoratini amalga oshirdi.
📚🏫 Deputatlik nazorati doirasida 27-son umumiy ta’lim maktabi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va sharoitlar muhokama qilindi.
🏗️ Shuningdek, Prezidentning 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi qurilish ishlari joyida o‘rganildi.
🌉🚧 Xususan, 4P23J “M39 avtomobil yo‘lidan Sherobod shahriga kirish” yo‘lining 0–6 km qismini rekonstruksiya qilish va Sherobod kanali ustidagi ko‘prik qurilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
✅ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi va ishlarni belgilangan muddatda sifatli yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.