Янгиликлар

Kengash faoliyatida raqamli tizimlar va ish yurituv samaradorligi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengash raisi, deputat Shohhasan Suvonqulov tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish jarayonlari va kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.To'xtamishev va R.Ortiqboyev faoliyatini o‘rgandi.

Qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi va kengashning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida elon qilinishi, sessiyalarni tashkil etish tartibi, doimiy komissiyalar faoliyati, hujjatlarning elektron shaklda yuritilishi hamda mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi kabi masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Yakunda hujjatlar elektron shaklda samarali yuritilayotgani, qarorlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilayotgani hamda ochiqlik va javobgarlik darajasi oshib borayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 4