35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat mahallada Deputat so‘roviga asosan: Kultepa MFYdagi tibbiyot filialidagi muammolar va mas'ullarning javobi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Muratali” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Fayzobod MFYda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Fayzobod” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada Mitan MFYda hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Ko‘ltepa MFYda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi monitoring
“Muqimiy” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi masalalari deputatlik nazoratida

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

🚧 “Muqimiy” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi masalalari deputatlik nazoratida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Yakkasaroy tumani “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mahalla ichki yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev, “Muqimiy” MFY raisi X. Muxidov, Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati K. Zaripova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi O. Alimov, Toshkent shahar IIBB YHXB Yo‘l infratuzilmasini nazorat qilish bo‘limi muhandislari, kapitan B. Yo‘ldoshaliyev, katta leytenant J. Esanov, mahalla “yettiligi”, davlat soliq inspektori hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🔍 O‘rganish davomida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi holati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, mahalla ichki ko‘chalarining holati, transport oqimi, piyodalar harakati, bolalar va keksalar uchun xavfsiz sharoit yaratish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha mavjud vaziyat o‘rganildi.

🛣 Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida ichki ko‘chalarda transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanayotgani, ayrim hududlarda esa tezlikni cheklovchi sun’iy notekisliklar (yo‘l o‘tkazgichlari) o‘rnatishga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi. Mutaxassislar ishtirokida bunday inshootlarni o‘rnatish zarur bo‘lgan nuqtalar joyida ko‘zdan kechirilib, ularning texnik jihatlari muhokama qilindi.

📝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda amaliy choralarni belgilash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

⚠️ Ta’kidlanganidek, ichki yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, ayniqsa maktab o‘quvchilari, yosh bolalar, keksalar va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish mahallalarda hayot sifatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Shu bois yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va zarur xavfsizlik vositalarini o‘rnatish ishlari izchil davom ettiriladi.

✅ Yakunda Vasila Alimova fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10