Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Aholi muammolari deputatlik so‘rovi orqali hal etilmoqda

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida tumanning “Daxana” mahallasi 1 va 3-ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan hududda mavjud muammolarni bartaraf etishda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilingan edi.

Deputat S.Ramatjonov tomonidan aholi muammolarini hal etish yuzasidan 2026-yil 12-may kuni tuman hokimi o‘rinbosariga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi chiqarilgan.

Bugun deputatlik so‘roviga asosan 1-ko‘p qavatli uyga tortilgan internet va aloqa simlarini tartibga keltirish va internet sifatini yaxshilash ishlari amalga oshirildi. Ushbu holat deputatning saylovchilari oldida ishonchini oqlashga xizmat qilmoqda. So‘rovda keltirilgan qolgan ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4