Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🗣 Uchtepa tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator muhim va ustuvor masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

💬 Kun tartibidan o‘rin olgan Uchtepa tumanida 2026-yil birinchi chorak davomida mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi masala atroflicha o'rganib, muhokama etildi.

↗️ Shuningdek, “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi masalasi doirasida hudud moliyaviy resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ularni eng dolzarb ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirish masalalari deputatlar tomonidan alohida e’tibor markaziga olindi.

🔼 Bundan tashqari, Uchtepa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining 2026-yil birinchi chorakdagi ijrosi to‘g‘risidagi masalasi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Undan tashqari Uchtepa tumanida “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan loyiha ofislari va yo‘l xaritasini tasdiqlash hamda hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ham atroflicha muhoma etilib, tegishli ishlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

✨ Tumanda mavjud zaxiralarni ishga solish, yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan ham tegishli fikr-mulohazalar bildirilib, atroflicha muhokama etilib, ushbu masala yuzasidan keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish kerakligi ta'kidlandi.

📁 Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan asosli xulosalar qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha bir ovozdan tavsiyalar berildi.

💼 Mazkur yig‘ilish deputatlarning hudud taraqqiyotiga daxldorligini, ularning mas’uliyatli va tashabbuskor yondashuvini yana bir bor namoyon etdi. Eng muhimi, qabul qilinayotgan qarorlar aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni barqaror rivojlantirish va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 8