🔴 13-Paxtazavod saylov okrugidan saylangan deputat X.Xaitov hududida nogironligi mavjud shaxslarga berilgan davlat imtiyozlarining qo‘llanilish holati ko‘zdan kechirildi.
🔴O‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqaroning uy-joyini ta’mirlash jarayoni va tuman ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatayotgan yordam keng ko‘lami tahlil qilindi.
🔴Kotibiyat mudiri qurilish maydonida bo‘lib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari va quruvchilar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.
🔴Mas’ullarga barcha ta’mirlash ishlarini yuqori sifat bilan bajarish hamda belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan topshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.
🔴Bu kabi amaliy tadbirlar mahallabay ishlash tizimi orqali aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va deputatlik nazoratini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.