🔴O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati tahlil qilinib, saylovchilarning murojaatlari va hududdagi mavjud muammolar yuzasidan qabul o‘tkazildi.
🔴Deputatlar tadbirk B.To‘laganov tomonidan 16 nafar imkoniyati cheklangan bolalar uchun tashkil etilgan kunduzgi parvarishlash markazi faoliyati bilan tanishdilar.
🔴Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish borasidagi masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
🔴Mahalla faollari va deputatlar hamjihatligi aholi muammolarini joyida hal etish hamda ijtimoiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.