Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chalardagi sharoitlar: Ta’minot yaxshi, ammo tozalikka e’tibor kerak
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tiborda: Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Yoshlar siyosati va bandlik: Mahallalardagi besh tashabbus ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda sport va infratuzilma: Deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Maktablarda zamonaviy sharoitlar: Qaror ijrosi amalda
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat mahallada Sog‘lom avlod — yurt kelajagi: Tuman sport maktabidagi sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
Deputat Sh.Dehqonov Qo‘qon shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada dori-darmon ta’minotini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot maskanlaridagi sharoitlarni yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan tizimli o‘rganish davomida aholi salomatligi uchun eng muhim bo‘lgan quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

bepul ta’minot: Davlat tomonidan ajratilayotgan va birlamchi tibbiy yordam uchun eng zarur bo‘lgan 24 turdagi bepul dori-darmon vositalarining poliklinikada to‘liq mavjudligi;

Saqlash sharoitlari: Dori-darmonlarning sifati yo‘qolmasligi uchun tibbiy me’yorlar va maxsus harorat qoidalariga mos ravishda, xavfsiz saqlanishi;

Manzilli taqsimot: Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, surunkali kasalligi bor bemorlar hamda dispanser nazoratida turgan fuqarolarning dori vositalari bilan o‘z vaqtida va bepul ta’minlanish jarayoni.

O‘rganish davomida Sh.Dehqonov poliklinikaning mas’ul tibbiyot xodimlari va shifokorlari bilan suhbatlashdi. Muloqotda bepul dori-darmonlar taqsimotining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish hamda mahallabay ishlash tizimi orqali har bir bemorga individual yondashish zarurligi ta’kidlandi. Shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qo‘qon shahri aholisi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish deputatlik faoliyatining bosh mezonidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3