Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sessiya oldi o‘rganish: Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari diqqat markazida
янв.21
Deputat mahallada Deputat va mahalla: Har bir murojaat e’tiborda
янв.21
Deputat mahallada Deputat va aholi muloqoti: Mahalladagi muammolar va jamoatchilik nazorati masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahallada Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: G.G‘ulomxonova hasharda qatnashmoqda
янв.21
Deputat mahallada Obodlik yo‘lidagi hamjihatlik: Deputat B.Raxmonova mahalladoshlari bilan hasharda qatnashdi
янв.21
Deputat mahallada Piskentda 7 milliard so‘mlik yirik loyiha: 7 ta mahallada sug‘orish tizimi yangilanadi
янв.21
Deputat mahallada Doimiy komissiya yig‘ilishi: Mahalliy budjet mablag‘lari va «Yoshlar daftari» jamg‘armasi masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat mahallada Deputat nazorati: Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi va ularning ijtimoiy faolligi o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Deputat nazorati: Mahallada chiqindilarni olib chiqib ketishdagi muammolar va aholi e’tirozlari o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari A. Amanlikov va Z. Alimovlar “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Xoliqnazarov Bobobek xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti hamda holidan xabar oldi.

Suhbat davomida Bobobek Xoliqnazarov uzoq yillar davomida ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati tizimida samarali faoliyat yuritgani, xususan 30 yil davomida sohada sidqidildan xizmat qilgani alohida e’tirof etildi. Hozirgi kunda u kishi nafaqada bo‘lib, mahalla hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, yurt tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarning hayotiy tajribasi yosh avlod uchun ibrat ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4