Tasdiqlangan ish reja asosida “Romish” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot va saylovchilar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputati R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassis R.Murodovlar ishtirok etdilar.
✔️Uchrashuv davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlami bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirayotgan faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.
✔️Uchrashuv jarayonida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.