Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat mahallada Ko‘ltepa MFYda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi monitoring
янв.21
Deputat mahallada «Ko‘chama-ko‘cha» yurib, muammolar o‘rganilmoqda: Aholi murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Deputat mahallada Aholi murojaatlari e’tibor markazida: Ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada 51-oilaviy poliklinika filialida bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada 51-oilaviy poliklinika filialidagi o‘rganish: Aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish choralari
янв.21
Deputat mahallada 14-sonli MTMda ta’lim-tarbiya jarayoni va oshxonadagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada 14-sonli MTMdagi o‘rganish: Yutuqlar va yechimini kutayotgan muammolar
янв.21
Deputat mahallada Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada “Birlik” mahallasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada “Birlik” mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
Deputatlar tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko'rsatish holati o'rganildi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat G.Xudoyarova, deputat M.Sarimova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari S.Begmatov, H.To‘rayevlar ishtirok etishdi.

🔍 Ishchi guruh quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi:

✅Aholiga xizmat ko‘rsatish tezligi va elektron navbat tizimining holati;

✅Markaz binosida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar;

✅ FHDYO bo‘limida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayoni;

✅ Xodimlarning muomala madaniyati va qonuniy muddatlarga rioya etilishi.

Maqsad: Zarbdorlik fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliksiz, sifatli va shaffof davlat xizmatlaridan foydalanishlarini ta’minlash.

Slide 1 of 7