Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Piskentda Xotira va qadrlash kuni: Deputatlar va jamoatchilik ajdodlar xotirasini yod etdi Bugun Piskent tumani
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Tibbiy xizmat sifati va sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Kitob — bilim manbai: Maktab kutubxonalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari — raqamli va shaffof tizim nigohida
янв.21
Deputat mahallada Bolajonlar e’tiborda: Bog‘chadagi sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi muammosi deputat va mahalla raisi diqqat markazida
янв.21
Deputat mahallada Inson qadri uchun: Deputat ko‘magi va ijtimoiy himoya
Deputatlik so'rovi orqali mas'ullarga aniq vazifalar berilmoqda

Deputatlik so'rovi orqali mas'ullarga aniq vazifalar berilmoqda

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati D.Safarova Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarigi deputat so'rovi yubordi.

 So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, xususan, hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholiga yaqinlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyalarida ham ushbu masalalar doimiy nazoratga olingan.

Xususan, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida davlat budjeti, mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan ko‘plab zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar keltirilgan. Biroq, joylardagi o‘rganishlar va saylovchilar bilan uchrashuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining aksariyat qismi ushbu yangi imkoniyatlar va yaratilgan qulayliklar haqida yetarli ma’lumotga ega emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, Sizdan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘rayman:

Bugungi kunda mahalliy Kengashlar hokimlikdan ajratilib, deputatlarga yangi vakolatlar berilganligi, deputatlar oldingi deputatlar emasligini nafaqat tashkilot rahbarlari balki, hokimlar ham his qilib deputatlar tomonidan ko'tarilgan har bir masalaga mas'uliyat bilan yondoshmoqda. Shuningdek, fuqarolar ham bundan mamnun bo'lmoqda. Mazkur so'rovga ham yaqin kunlarda ijobiy yechim olamiz degan umiddamiz. Zero, deputat so'rovini bajarishda sustkashlikka yo'l qo'yilgan holatlar bo'yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritilishi bugun hech kimga sir emas.

Slide 1 of 3