Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Piskentda Xotira va qadrlash kuni: Deputatlar va jamoatchilik ajdodlar xotirasini yod etdi Bugun Piskent tumani
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Tibbiy xizmat sifati va sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Kitob — bilim manbai: Maktab kutubxonalaridagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati — deputat e’tiborida
янв.21
Deputat mahallada Ijtimoiy himoya — e’tibor va amaliy ko‘mak markazida
янв.21
Deputat mahallada Davlat xizmatlari — raqamli va shaffof tizim nigohida
янв.21
Deputat mahallada Bolajonlar e’tiborda: Bog‘chadagi sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Deputat mahallada Ichimlik suvi muammosi deputat va mahalla raisi diqqat markazida
янв.21
Deputat mahallada Inson qadri uchun: Deputat ko‘magi va ijtimoiy himoya
O‘rganish ishlari tashkil etildi.

 O‘rganish ishlari tashkil etildi. 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F. Xashimova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M. To‘xtasinovlar
tomonidan tumandagi Soyguzar mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga
oshirildi. 

Tashrif davomida “mahalla yettiligi” tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni
qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar atroflicha tahlil qilindi. 

Xususan, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga
kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning muammolarini o‘z
vaqtida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi. Shuningdek, hokim
yordamchisi tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad
manbalarini yaratish, dehqonchilik va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha
olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. 

O‘rganish jarayonida ayrim kamchilik va muammolar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli
mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 5