Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi deputati Zulfiyaxon G`afurova o‘zining saylov okrugida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida gender tengligini ta’minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikka barham berish, shuningdek, oilaviy
munosabatlarni mustahkamlash kabi muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.