Chilonzor tumanidagi “Bek-To‘pi” hamda “Al-Xorazmiy” mahallasida mahalla yettiligi va faol fuqarolar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich ham ishtirok etdi va mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi. Tadbirda aholini o‘ylantirayotgan bir qator dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.
✅Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tumandagi elektr ta’minotida muntazam uzilishlar kuzatilayotgani, ko‘p qavatli uylar oldida piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘laklarga fuqarolar tomonidan shaxsiy avtotransport vositalarini qo‘yib ketish holatlari, mahalla hududida o‘sayotgan manzarali daraxtlarning parvarishsiz holatga kelib qolgani kabi masalalar muhokama qilindi.
✅Shuningdek uchrashuv doirasida imkoniyati cheklangan, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasi ham keng muhokama qilindi.