O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 22-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna 2025-yilning II-choragi davomida olib borgan faoliyati yuzasidan o'z saylovchilari oldida axborot berdi.