Angor tumani “Zartepa” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Angor tumani Kengashidagi O‘zbekiston O'ZLIDEP deputatlik guruhi a’zosi, tuman Kengashi deputati M. Yarmatov va mahalla raisi A. Turapov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrasuvda qatnashgan fuqarolar mas’ullarga o‘z muammo va takliflarini bildirishdi. Murojaatlar asosan sog‘liqni saqlash, ta’lim,uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va suv ta’minoti bilan bog‘liq bo‘ldi.
E’tiborlisi, muloqotda mas’ullar qatnashgani sababli ko‘plab murojaatlar shu joyning o‘zida yechimini topdi. Ayrim yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar esa manzilli yo‘naltirilib yechimi nazoratga olindi.