Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Payariq tumanida “Bilimlar kuni” tantanalari davom etmoqda
янв.21
Tumanda “Bilimlar kuni” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
янв.21
Maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Deputat Xusniya Raxmonova 74-maktabdagi tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Payariq tumanida obodonlashtirish va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari tashkil etildi
янв.21
Samarqand – xalqaro hamkorlik va do‘stlik poytaxti
янв.21
#MUNOSABAT
янв.21
“Yangi avlod – yangi tafakkur, yangi maqsad”
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi o'tkazildi.
"Kelajak sari yo‘l — maktab ostonasidan boshlanadi"

"Kelajak sari yo‘l — maktab ostonasidan boshlanadi"

Sizlarni yangi 2025–2026 o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

2-sentyabr – bu nafaqat yangi darslar, kitoblar va bilimlar faslining boshlanishi, balki har bir bola uchun yangi orzular, yangi marralar va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan yangi intilishlar kunidir. Bugun maktab ostonasidan qadam qo‘ygan har bir bola — ertangi rivojlangan O‘zbekistonning munosib va salohiyatli farzandi bo‘lishiga ishonchim komil. Navoiy shahridagi barcha ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Maktablarimizda ta’lim sifati oshirilishi, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, bolalarning intellektual va ma’naviy rivojiga katta e’tibor qaratilishini ko‘rib, qalbimiz to‘lib boradi.

Aziz yoshlar!

Sizlar bizning kelajagimizsiz. Ilm olishda faol bo‘ling, kitobni doimiy yo‘ldoshingizga aylantiring, Har bir kunda — yangi imkoniyat, har bir kitobda — yangi olam bor.

Hurmatli ustozlar!

Sizlarning mehnatingiz beqiyos. Yangi o‘quv yilida ham shijoat, matonat va yuksak mas’uliyat bilan yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli vazifangizda omad tilayman.

Mehnatkash ota-onalar!

Farzandlaringizga ta’lim-tarbiya yo‘lida yelkadosh bo‘lishda davom eting. Ularning har bir muvaffaqiyati — sizning mehr va e’tiboringiz samarasidir.

Yangi o‘quv yili barchamiz uchun barakali, fayzli va yutuqlarga boy bo‘lishini tilayman!

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li

Slide 1 of 5