illiy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizni asrash, yoshlar ongida milliylik g‘oyasini mustahkamlash maqsadida “Furqat” istirohat bog‘ida “Milliy Mirobod” nomli keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari Feruza Madaminova va Saidrasul Saidxanovlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi, an’anaviy ijod namunalari hamda milliy urf-odatlarimizga oid turli ma’rifiy loyihalar taqdim etildi.
Shuningdek, Mirobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasi ham tadbirda faol ishtirok etib, mehmonlar va ishtirokchilarga milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etuvchi chiqishlarini namoyish etdi.