Bu so‘zlar shunchaki shior emas — amaldagi talab. Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov esa bu talabni hayotga tatbiq etmoqda. "Furqat" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul bunga yaqqol misol bo‘ldi: bu kun odamlarni eshitish, dardini his etish va darhol yechim topish kuni bo‘ldi.
Murosa yo‘li: bolalar maydonchasimi yoki uy ta’miri?
Qabulga kelgan fuqarolardan biri juda abgor holatga kelib qolgan bolalar maydonchasidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu masalada mahalladagi Boshqaruv servis kompaniyasiga murojaat qilgan, lekin ayrim qo‘shnilar darhol norozilik bildirishgan: "Xalq puliga avval tom va kommunikatsiyalar soz holatga keltirilishi kerak!", degan ular. Hokim "o‘rganamiz" degan javob o‘rniga aniq yechim taklif qildi: ushbu masala “Ochiq byudjet” platformasiga kiritiladi.