Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.
янв.21
“G’oyib ota” mahallasida “Vakillar yig‘ini” o‘tkazildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda muhim omil
янв.21
Ehtiyojmand oilalarga e’tibor – ijtimoiy mas’uliyat ifodasi
янв.21
Navbatdagi sessiya jarayonlariga tayorgarlik
янв.21
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi
янв.21
Oilaviy ajrimlar: Muammo va uning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot
янв.21
Xalq vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi
янв.21
Saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashuv
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoni bilan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qancha muhim vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Shulardan biri – mahalliy Kengashlarning budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan Kengash nazoratini amalga oshirib borishidir.

Aniqroq aytganda, budjetni shakllantirish jarayoniga deputatlarni faol jalb qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. Bunda deputat o‘z hududidagi mavjud holatlarni aniqlaydi, budjet mablag‘lari hisobidan sarf qilinishi mumkin bo‘lgan takliflarini ishlab chiqadi hamda ularni sessiya muhokamasiga kiritib, navbatdagi yil budjet parametrlariga kiritadi.

Kengash tomonidan tasdiqlangan budjetni hamda uning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni sessiya muhokamasidan so‘ng “E-Kengash” platformasi orqali e’lon qilib borish amaliyoti joriy etilmoqda.

Bu esa deputatlarning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshishiga, deputatlik vazifalarini ochiq va shaffof bajarilishiga olib keladi.