O‘zbekiston–Bolgariya strategik aloqalari: Yangi bosqich sari dadil qadam
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti
Rumen Radev boshchiligidagi muzokaralar mamlakatimiz tashqi siyosatidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani xalqaro maydonda mamlakatimizning tobora ortib borayotgan nufuzidan dalolat beradi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, agrosanoat, texnologiya, farmatsevtika, turizm, transport va migratsiya kabi yo‘nalishlarda aniq amaliy kelishuvlarga erishilgani quvonarli hol. Ayniqsa, savdo uylari tashkil etilishi, akkreditatsiya tizimining kengaytirilishi va mehnat resurslari sohasidagi hamkorliklar mamlakatimiz
iqtisodiyoti va fuqarolarimiz farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati
Niyozov Saydali Burxonovich