Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Payariq tumanida “Bilimlar kuni” tantanalari davom etmoqda
янв.21
Tumanda “Bilimlar kuni” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
янв.21
Maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Deputat Xusniya Raxmonova 74-maktabdagi tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Payariq tumanida obodonlashtirish va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari tashkil etildi
янв.21
Samarqand – xalqaro hamkorlik va do‘stlik poytaxti
янв.21
#MUNOSABAT
янв.21
“Yangi avlod – yangi tafakkur, yangi maqsad”
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi o'tkazildi.
Mahalliy Kengashlar faoliyati yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Davlatimiz rahbarining Farmoni (PF-98-son, 23.06.2025 y.) bilan O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi muhim vazifalar belgilab berildi.

Farmonda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida nomarkazlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.

Farmon bilan ijro hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan 4 ta vakolat mahalliy Kengashlarga o‘tkazilmoqda.

Xususan, majburiy to‘lov va mahalliy yig‘imlar miqdorini belgilashga oid ayrim turdagi bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatini belgilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash kabi masalalar shular jumlasidandir.

Mazkur Farmonga ko‘ra:

✅Mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligi bo‘yicha faoliyati kuchaytiriladi, jumladan ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining ayrim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotini eshitish bo‘yicha “Kengash soati” instituti joriy etiladi;

✅Fuqarolar tomonidan mahalliy Kengashlarga elektron jamoaviy murojaat qilish bo‘yicha yangicha tizim yaratiladi, ularning sessiya ishini bevosita kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

✅Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda fuqarolik jamiyati, yoshlar hamda ilmiy doiralar vakillarining ishtiroki ta’minlanadi;

✅Mahalliy Kengashlar tomonidan hududga oid muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha imkoniyatlar kengaytiriladi, xususan, mahalliy byudjetni, hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda deputat va “mahalla yettiligi”ning ishtirokini ta’minlash tizimi joriy etiladi;

✅Mahalliy Kengash faoliyatini raqamlash ishlari izchil davom ettiriladi, xususan, Kengash qarori loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.