Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI YO‘LIDA: XURRIYAT MAHALLASIDAGI CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
EKSPERT GURUHI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI: “QAYILMA” MFYDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: PARKENT TUMANI SPORT MAKTABIDA YOSH SPORTCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI VA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

🏫 O‘rganishlarning dastlabki manzili 4-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi maktabga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida maktab direktori O'.Qulsayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, maktab hududini obodonlashtirish, mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3